Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Gidrometeorologiya fakulteti talabalari va xorijiy olimlar Chorbog' amaliyot bazasida

Yurtimizda so’ngi yillarda barcha sohalarga alohida e’tibor berilmoqda, shu jumladan gidrometeorologiya sohasiga ham. O’zMU  Gidrometeorologiya fakulteti talabalari va professor-o’qituvchilari ham so’nggi yillarda bir qator ko’zga ko’rinarli tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Xususan, Germaniya va Tojikiston Respublikalaridan tashrif buyurgan olimlar Chorbog' amaliyot bazasida Gidrometeorologiya fakulteti talabalari bilan uchrashdilar. Talaba-yoshlar bilan ochiq tabiat qoʻynida suhbat qurib, nazariy bilmlarini yanada boyitgan holda amaliyotga tadbiq etdilar.

Talabalar dala amaliyotida  tayanch nuqtalarni aniqlash, o’lchov asboblarini ishchi holatga keltirish, teodolit asbobidan to’gri foydalanish , zamonaviy elektron taxeometrdan foydalanish va shu kabi zamonavil texnik uskunalardan tog’ri foydalanishni o’rganmoqdalar.

O’zMU Axborot xizmati