Globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash: muammo va yechimlar

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida “Globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur konferensiyada Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, O‘zMTDP Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova, Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi Mehrinoz Abbasova hamda hunarmand, tadbirkor Mohira Sultonova ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Jumladan, tadbir mehmonlari tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, ularning turli sohalarda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosarining 2023-yil 25-sentabrdagi “Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish borasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora tadbir dasturi”ning 18-bandi ijro yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika konferensiyasi e’lon qilindi va mazkur konferensiyaga 100 dan ortiq maqola kelib tushdi.
Uchrashuv jamoatchilik sohalarida yutuqqa erishib kelayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol bo‘lgan va faoliyatini endi boshlab kelayotgan qizlarning maqolalarini bepul chop etish maqsadida tashkil etildi.







