Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Hamkorlik sarhadlari kengaymoqda

Bugun, 24 iyun kuni Oʼzbekiston Milliy universitetiga Bakingem universiteti (Buckingham university -Buyuk Britaniya) Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik uchun masʼul vakil Penka Marinova tashrif buyurdi. Maʼlumki 1993-1998 yillarda Margaret Tetcher mazkur universitet kontseleri boʼlgan. Uchrashuvda Bakingem universiteti, Oksford va OʼzMU oʼrtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolash hamda u asosida talabalar, tadqiqtochilar va oʼqituvchilar almashinuvini yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, OʼzMUning yosh tadqiqotchi va oʼqituvchilarini mehnat taʼtili davrida Bakingem universitetiga turli xil stajirovkalarga yubori kabi bir qator masalalar muhokama etildi. Keyinchalik iqtisodiyot va huquq yoʼnalishida qoʼshma taʼlim dasturi ochish masalalariga ham batafsil toʼxtab oʼtildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi