Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Hamkorlik sohalari kengaymoqda

Oldin xabar berganimizdak Franiyaning Puatye universitetida bir guruh vakillar Oʼzbekiston Milliy universitetida boʼlib turishibdi.

Mazkur universitet bilan 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan Erasmus xalqaro dasturi filologiya va tillari oʼqitish (frantsuz tili) yoʼnalishida amalga oshirilgan boʼlsa, 2023-2025 yillardagi yangi loyiha matematika, iqtisod, ingliz tili yoʼnalishidagi talabalar va fransuz adabiyotidan qiyosiy aspektda ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar mobilligini yoʼlga qoʼyishga qaratilgan.

Iqtisod va matematika yoʼnalishida tahsil oladigan talabalarga Puatye universiteti professorlari ingliz tilida maʼruza oʼqishlarini tashkil qilish, OʼzMU oʼqituvchilari va rahbar xodimlarining 2 haftalik malaka oshirishini Puatyeda tashkil qilish masalalari grant koordinatorlari bilan muhokama etildi.

Shuningdek, fransuz va ingliz adabiyoti yoʼnalishida ilmiy tadqiqot olib boradigan tadqiqotchilarning akademik mobilligini Erasmus dasturi doirasida yoʼlga qoʼyish masalalari kelishildi. Ingliz tilidan B2 darajaga ega talabalar va ikkinchi til sifatida fransuz tilini oʼrgangan ingliz yoʼnalishi talabalarining akademik mobillik dasturini 2023-2025 yillarda amalga oshirish masalalari koʼrib chiqildi.

Аyniqsa, Izabel xonim oʼzi dars bergan bitiruvchi talabasi Eliz Bosh Medani OʼzMUda uchratishi kutilmagan quvonchli uchrashuv ekanligini alohida taʼkidladi. Taʼkidlab oʼtamizki, ASIE tashkiloti bilan hamkorlik doirasida xalqaro boʼlimda xalqaro tadbirlarni tashkil qilish, oʼtkazish, fransuz universitetlari tajribalarini boʼlishish amaliyoti joriy etilgan.

Xalqaro aloqalar bo'limi