Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi

O‘zMU delegasiya vakillarining navbatdagi tashrifi Tomsk davlat universitetining Kimyo fakultetida bo‘ldi.
Tashrif doirasida delegasiya Kimyo fakultetining o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, ularda yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi. Uchrashuv mobaynida O‘zMUning Kimyo fakulteti va TDUning Kimyo fakultetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.


O`zMU Axborot xizmati