<strong>Hindistonda Xalqaro Ilmiy Seminar</strong>
Suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiring va suv tanqisligini bartaraf etish hamda qurgoqchilikdan aziyat chekayotgan aholi sonini sezilarli darajada kamaytirish uchun chuchuk suv bilan barqaror ta’minlash BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG6 – Suv va satinariya) da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Suv omborlari va iqlim o'zgarishining suv tanqisligi va qurg’oqchilikka ta'siri baholash dolzarb maslalardan hisoblanadi. Suv resurslarining shaklanishi kelajakda ularning yillik o'zgaruvchanlik, davriy suv toshqinlari va qurg'oqchiliklarning ortishi kabi hususiyatlarini o’zgarishi kutilmoqda. Binobarin, qurg'oqchilik va uning hususiyatlarini tadqiq etish Hindiston va O'zbekiston kabi yarim qurg'oqchil mamlakatlarda suvni boshqarishda muhim oqibatlarga olib keladigan qurg'oqchilik monitoringi va erta ogohlantirishni o'rnatish uchun asos bo'lib hisoblanadi.

Hindistonning Xaragpur shahridagi 2022 yil 16 noyabr kuni Hind texnologiya Institutida va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti (O’zMU) hamkorligida “Suv resurslarini boshqarish” mavzuida xalqaro seminar o’tkazildi. Xalqaro seminar «Uzb-Ind-2021-89-sonli O‘zbekiston va Hindistonning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil daryolari havzalarida suv taqchilligi hamda qurg‘oqchilikka to‘g‘onlar va iqlim o‘zgarishi ta'sirini baholash» mavzuida qo’shma loyiha doirasida tashkil etildi. Mazkur xalqaro seminarda O’zMUdan Gidrometeorologiya fakulteti dekani, PhD Komiljon Rahmonov, Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi kafedrasi dotsenti, PhD G’ulomjon Umirzoqov va Gidrometeorologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi Murodjon Abdurahmonovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida Hindistonlik mutahassislar bilan bir qatorda, PhD Komiljon Rahmonov “O’zbekistonda iqlim o’zgarishi, gidrologiya va suv resurslarini boshqarish” hamda PhD G’ulomjon Umirzoqov “Meteorologik qurg’oqchilik orqali gidrologik qurg’oqchilikni prognozlash uslublari” mavzularida taqdimot qilishdi. Shuningdek, seminarda qo’shma loyiha doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi hamda Hind Tehnologiya instititi professor o’qituvchilari, yosh taqdiqotchilarining ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo’ldi. Seminar so’ngida ma’ruzachi va qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.





O’zMU delgatsiyasining Hindistonga tashrishifi davomida Hindiston texnologiyalar instituti prorektori, Prof. Jayanta Mukhoradhyay bilan uchrashuv o‘tkazildi. Hindiston texnologiyalar instituti bilan O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida ilmiy loyihalar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi yuzasidan O‘zMU prorektorlari bilan muzokaralar olib borish bo‘yicha kelishib olindi.
Hindiston va O’zbekiston qo’shma loyihasi doirasida o’tkazilgan ilmiy seminar Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish”, “Toza suv va sanitariya” va “Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” kabi mavzularida belgilangan vazifalarni yechishga xizmat qiladi.