Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Hokimlik va universitet o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Olmazor tumani hokimi Umarxonov Azizxon Sharifxonovich va Olmazor tuman hokimi o’rinbori, “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi Nabiyev Shahzod Rustam og’li tashrif buyurdi.
Hokim, hokim oʻrinbosari, universitet rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv kelgusi istibolli hamkorlik rejalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish bilan boshlandi.
Uchrashuv davomida Olmazor tumani hokimi universitet bilan hamkorlikda ishlashga hamisha tayyor ekanligi, talaba-yoshlarning ijtimoiy masalalarini, mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish hamda talabalar start up loyihalarida moliyaviy yordam berishga ham hokimiyat tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv samimiy ruhda, do‘stona muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi. Unda universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlar va mahallalardagi Yoshlar yetakchilarining hamkorlikdagi ishlarni yo’lga qo’yish fikri ilgari surildi. Shuningdek, Biologiya fakulteti dekan o’rinbosari Orzubek Fayzullayev talabalar shaharchasida joylashgan Poliklinikada talabalar uchun xizmat ko’rsatish darajasini yanada rivojlantirish bo’yicha taklif berdi. Hokim ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, 2023-yil yanvar oyida barcha takliflarni ijobiy hal qilishga harakat qilishini aytib o’tdi.

O`zMU Axborot xizmati