Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolari, chet tillar oʼqitish metodikasi masalasi

O`zMUda Xorijiy filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan “Hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolari, chet tillar oʼqitish metodikasi masalasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi. Unda Ispaniya Malaga universiteti professori Pilar Montihano, Ruminiya Bucharest universiteti professori Raluka Bobu, Indoneyziya Purwokerto Muhammadiyah universitetidan Feisal Aziez, shuningdek, respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalaridan yaʼni Аndijon davlat universiteti, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent shahridagi Prezident maktabidan 100 ga yaqin professor-oʼqituvchilar, yosh olimlar ishtirok etdilar. Anjumanda hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolari, chet tillar oʼqitish metodikasi, yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar mavzulari doirasida maʼruzalar tinglandi hamda mazkur sohada mavjud muammolar, takliflar va yechimlar borasida ilmiy muzokaralar olib borildi.

O’zMU Axborot xizmati