Huquqshunos maslahatchi

Yaxyaeva Guli Xaydarovna - Universitet 1-darajali katta Yuriskonsulti
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Shanba, 14:00 – 17:00
Tel: 71 246-78-53
E-mail:
YU R I D I K X I Z M A T
Yuridik xizmat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to'g'risidagi Nizomga va boshqa Qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Yuridik xizmat lavozim vazifalari
Yuridik xizmat oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi qarorlari, buyruqlari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʼgʼrisidagi Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yoʼnalishlari va funktsiyalari:
- Huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
- Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash;
- OʼzMUda chikariladigan karor va buyruk loyixalarini nazorat qilish va huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;
- Universitet bilan boshka tashkilotlar oʼrtasida tuziladigan shartnomalarni nazorat qilish va huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;
- Universitetda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish, va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;
- Universitetning pedagog va boshqa xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish uchun, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etishda va oʼtkazishda ishtirok etish;
- Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda, tegishli boʼlimlar, fakulьtetlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, talabalari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʼrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʼrib chiqishda ishtirok etish, xulosalar berish;
- Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʼrish, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʼyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtirish;
- OʼzMU xodimlarining kasaba uyushma qoʼmitasiga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʼrsatish;
Yuridik xizmat Universitet va yuridik xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik xizmatiga oid funktsiyalarni amalga oshirish.