Rossiya Federatsiyasining Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti vakillari Oʼzbekiston Milliy universitetida

Bugun, 25-may kuni Rossiya Federatsiyasining Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti vakillari Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, biofizika kabi sohalarda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga Sankt Peterburg politexnika universiteti OʼzMU olimlarini Scopus bazasiga kiritilgan 4 ta xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif etdi.
Maʼlumot uchun: Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti 120 yillik tarixga ega boʼlib, Rossiyaning eng ilgʼor universitetlari sarasiga kiradi. Xalqaro reytinglar boʼyicha koʼrsatkichlari: QS WUR 393, QS Subject 151-200, EECA 46; THE WUR 301-300, THE Impact 201-300.




Xalqaro aloqalar bo'limi