Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ijtimoiy fanlar fakulteti «Psixologiya» kafedrasi professorlari xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

Ilm -fan sohasidagi hamkorlikka asoslangan 2022 yilning 6-12 iyul kunlari Baku davlat universitetida o‘tkazilgan “Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zMU, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professori Xolida Ruxiyeva Boku davlat universitetida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mintaqasi olimlariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Ruxiyeva Xolida halqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishi bilan bir qatorda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida sotsial ilmlar va psixologiya fakultetida Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasida soha mutaxassislari bilan uchrashib O‘zbekiston milliy universiteti va Baku davlat universiteti o‘rtasida ilmiy aloqalar, psixologik xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy psixologik tadqiqotlar ustida ilmiy izlanishlar olib borish kabi bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Xalqaro aloqalar bo'limi