Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan maxsus maktabda psixologik trening tashkil etildi

Joriy yilning 21-fevral kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 106-sonli maxsus maktabda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekani, “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri D.Muhamedova va “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi mudiri O‘.Shamsiyevlar boshchiligida professor-o‘qituvchilar I.Raximova, Z.Kamalova, N.Valiyeva, A.Yusuvaliyeva, K.Najimova, G.Usmonaliyeva, X.Jo‘rayevalar ishtirok etdi.
Tashrif davomida maktab direktori o‘rinbosari va psixologi bilan birgalikda zaif eshituvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan hamda o‘quvchilarning bilim-ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Maktab o‘quvchilari ushbu trening mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishdi. Uchrashuv so‘nggida Ijtimoiy fanlar fakulteti hamda 106-sonli maxsus maktab rahbariyati o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib olindi.





O‘zMU Axborot xizmati