Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Ilhom” mukofoti tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimida OʼzMU talabalari faol ishtirok etdi

Joriy yilning 20 may sanasida Аdiblar xiyobonida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga oʼtkazilayotgan adabiyot bayrami haftaligi doirasida Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oliy taʼlim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur oʼrganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob oʼqishga daʼvat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuygʼularini yanada yuksaltirish maqsadida ilk bor tashkil etilgan “Ilhom” mukofoti Respublika tanlovining gʼoliblari aniqlandi va 1 oʼrin sohibiga Prezident sovgʼasi Spark avtomobili topshirildi.

Mazkur taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalari oʼzlarining maxsus tayyorlangan chiqishlari bilan faol ishtirok etdi. Shuningdek, “Аdiblar xiyoboni” dagi shoir, yozuvchi va ijodkorlar ijodidan musiqiy chiqishlar, anʼanaviy baxshichilik, raqs, “Eng yaxshi fotosuratlar” koʼrgazmalari, teatr va sahna chiqishlar, sport boʼyicha koʼrgazmali chiqishlar, kitob va liboslar koʼrgazmasi, shoir va yozuvchilar toʼgʼrisida olingan filьmlarning tizer va videoroliklar namoyishi hamda el suygan sanʼatkorlar ijrosida kontsert dasturi oʼtkazildi.

Ushbu sheʼriyat haftaligi Аdiblar xiyoboni yoshlarning doimiy ijod va maʼnaviyat makoniga aylanib borayotganligini namoyon etdi.

Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi