Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning ilmiy-tadqiqot institutiga tashrifi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Institut direktori Sharifa Utamuradova ilmiy laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishtirib o‘tdi. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi laboratoriyasi va muqobil energiya manbalari laboratoriyalarida yaratilgan qurilmaning afzalliklari hamda olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida tushuntirish berdi.


Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash sohasida muhim qarorlar qabul qilinayotgani, fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari fundamental, amaliy, innovatsion yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlarni kengaytirish, iqtisodiyotning nufuzli sohalari bo‘yicha keng ko‘lamda xo‘jalik shartnomalari asosida loyiha-konstruktorlik ishlarini bajarish, korxona va tashkilotlarning muammoli masalalarini hal qilishga oid ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
O'zMU Axborot xizmati