Geografiya va tabiiy resurslar

Dekan Sharipov Shavkat Muxamajanovich
Dekan,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-35-57
Faks
e-mail -
Geografiya va va tabiiy resurslar fakulteti 2018 yilda geologiya va geografiya fakultetining 2 ta mustaqil fakultetga ajralishidan tashkil etildi. Aslida mustaqil fakultet sifatida 1920 yildan Turkiston davlat universitetining Harbiy fakulteti tarkibida  “Turkiston geografiyasi” va “Geodeziya” kafedralari sifatida o`z faoliyatini boshlagan. 

BIZNING VAZIFAMIZ

O`zbekistondagi ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish va oliy ta`lim muassasalari uchun tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik, kartografiya, geodeziya va boshqa Er haqidagi fanlar sohalari bo`yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlash. 
  


BIZNING QARASHIMIZ 

Tabiiy resurslar jamiyat va inson hayotida markaziy o`rinlardan birini egallaydi, chunki tabiat va jamiyat munosabatlari bir-biri bilan chambarchas bog`iq. Jamiyatning barqaror rivojlanishi ko`p jihatdan geoekologik muammolar bartaraf etish nuqtai nazaridan tabiiy geografik jarayonlarni boshqarishning ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqish bilan hamohangdir. 





Fakultetda  hozirgi paytda keng ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktablar mavjud:
  • Professorlar L.N.Babushkin va N.A.Kogay “Tabiiy geografiya va landshaftshunoslik”  ilmiy maktabi
  • Professorlar Z.M.Akromov va A.S.Soliev “O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” ilmiy maktabi
  • Professor A.A.Rafikov “O`zbekiston geoekologiyasi” ilmiy maktabi
  • Professorlar V.L.Shults va O.P.Sheglova “Tog`li hududlar gidrologiyasi” ilmiy maktabi
  • Professor T.M.Mirzaliev “Atlas kartografiyasi“ ilmiy maktabi


    



GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI  - BU KLASSIK UNIVERSITET TA`LIMINING AJRALMAS QISMI


Oliy ma`lumotli geograf-muhandis mutaxassislarini tayyorlash 1935 yildan boshlangan bo`lsada universitet tashkil topgan dastlabki kunlardan boshlab o`lkamizning tabiati, aholisi va xo`jaligini geografik o`rganish masalalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
O`tgan 80 yildan ortiq vaqt mobaynida Geografiya fakulteti O`zbekistonning oliy geografik ta`lim va geografik tadqiqotlarning markaziga aylandi.
2015 yilda, Geografiya fakultetining Geologiya fakulteti bilan birlashtirilishidan so`ng, Geologiya va geografiya fakultetining “Geografiya” bo`limiga aylantirildi, 2018 yil yanvardan boshlab Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti sifatida mustaqil fakultet sifatida qayta tiklandi. 





Professor-o`qituvchilar – 59 nafar, shu jumladan:

  • 6 – fan doktori
  • 21- fan nomzodi
  • 3 – PhD
  • Ilmiy salohiyat– 51 %


Ta`lim dasturlari:

  • Bakalavriat – 4
  • Magistratura – 5
  • Doktorantura – 6   
Talabalar kontingenti


  • Bakalavriat – 596 
  • Magistratura – 39 
  • Doktorantura – 7 

Fakultetda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha bakalavrlar tayyorlanadi:


  • 5140600-Geografiya 
  • 5140700-Gidrometeorologiya 
  • 5141100-Gidrologiya (kuruklik gidrologiyasi) 
  • 5311500-Geodeziya, kartografiya i kadastr



Fakultetda quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha magistrlar tayyorlanadi:

  • 5A140602-Geografiya (o`rganish ob`ektibo`yicha ), 
  • 5A140603-Geodemografiya
  • 5A140702-Gidrometeorologiya (faoliyat turlari bo`yicha ),
  • 5A311502-Geodeziya i kartografiya (funktsiyalari bo`yicha ),
  • 5A313401-Geodeziya i geoinformatika 

Doktorantura ixtisosliklari:

  • 11.00.01 – Tabiiy geografiya 
  • 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
  • 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidroximiya 
  • 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
  • 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya
  • 11.00.07 – Geoinformatika

Fakultetimiz bitiruvchilari O`zbekiston va xorijdagi ko`plab ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar:

  • “Davergeodezkadastr” davlat qo`mitasida
  • O`zR FVV huzuridagi O`zgidromet markazida
  • O`zR Suv xo`jaligi vazirligida
  • Kartografiya davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida
  • O`zR FA ilmiy tadqiqot institutlarida
  • Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimida
  • Umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 

KAFEDRALAR

  • Tabiiy geografiya
  • Iqtisodiy va ijtimoiy  geografiya
  • Quruqlik gidrologiyasi
  • Geodeziya i geoinformatika 
  • Kartografiya

ILMIY VA O`QUV LABORATORIYALARI

1. Oliy geodeziya o`quv-ilmiy laboratoriyasi

2. Fotogrammetriya va Erni masofadan tadqiq etish o`quv-ilmiy laboratoriyasi

3. Gidravlika o`quv-ilmiy laboratoriyasi

4. “Globus” o`quv-metodika laboratoriyasi



OLIY GEODEZIYA O`QUV-ILMIY LABORATORIYASI


  

O`QUV-METODIKA LABORATORIYASI “GLOBUS”

  


GIDRAVLIKA  O`QUV-ILMIY LABORATORIYASI


  


“ChORVOQ” O`QUV-DALA AMALIYOT BAZASI

  

“Chorvoq” amaliy va tajriba-eksperiment ishlari o`quv-dala kompleksi  Chorvoq shaharchasida joylashgan. Bazaning maydoni 3,2 gektar bo`lib, 400 o`ringa mo`ljallangan 5 ta binodan iborat. O`quv-dala kompleksida tabiiy geografik, gidrologik, glyatsiologik, meteorologik, geodezik, kartografik, geomorfologik, tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni o`rganish, kuzatish, o`lchash va monitoringini olib borish imkoniyatlari mavjud.
  Bazaning ekologik toza rayonda joylashganligi tabiat qo`ynida turli madaniy-ommaviy tadbirlar o`tkazish,  universitet xodimlari va talabalarning salomatigini mustahkamlash imkonini beradi

Talabalar birinchi, ikkinchi kurslardan keyin va to`rtinchi kursda quyidagi fanlardan dala amaliyoti o`tadilar:

  • Umumiy tabiiy geografiya
  • Geodeziya
  • Gidrologiya
  • Gidrometriya
  • Meteorologiya

Talabalar hayoti faqatgina dars mashg`ulotlari  emas

Bizning talabalar darsdan bo`sh vaqtlarida turli sport va madaniy-ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Jumladan, voleybol, shaxmat bo`yicha respublika universiadalarida, olimpiadalarida doimo sovrinli o`rinlarni egallaydilar.

  

Fakultetda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining qamrovi keng:

Davlat ilmiy-texnik loyihalari

OT-F5-13. Iqlim o`zgarishi sharoitida O`zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar gidrologik rejimi va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish.
A-7-9. Toshkent viloyatining landshaftlari xilma-xilligini saqlash va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kartasini yaratish.
OT-EA4-03. O`zbekiston Respublikasi hududini qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida geografik rayonlashtirish.
YoA-7-2. Ugom-Chotqol davlat Milliy tabiat bog`i landshaftlari kartasini yaratish.
OT-ATab-2018-63.  O`zbekiston Respublikasining faol mintaqalaridagi ko`chki jarayonlarining Er masofaviy zondlash materiallari va geoinformatsion texnologiyalar asosida kompleks o`rganish (Chirchiq daryo havzasi misolida).


Xo`jalik shartnomalari

  • ¹ G-1/2018. Obsledovanie  vodnûx ob`ektov, vûpolnenie gidrologicheskix raschetov s vûdachey zaklyucheniy dlya PZVOS¹ G-1-2/2018. 
  • ¹ G-1-3/2018. 
  • ¹ G-1-4/2018
  • ¹ G-1-5/2018




XALQARO ALOQALAR




ILMIY KENGASH

Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash – Mirzo ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.G.01.06 raqamli Ilmiy kengash


  

ILMIY KENGASH QOSHIDAGI ILMIY SEMINARLAR 


  • 11.00.01-Tabiiy geografiya 
  • 11.00.02- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya; 
  • 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. 
  • 11.00.04-Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agroklimatologiya.



XORIJIY UNIVERSITETLAR BILAN HAMKORLIK QILISH UCHUN TAKLIF ETILADIGAN YO`NALISHLAR


  • O`zbekiston landshaftlarini oqilona foydalanish va muhofaza qilish maqsadida o`rganish, kartalashtirish va baholash;
  • Landshaft planirovkasi, loyihalash va dizayni;
  • Orol havzasi geoekologik muammolarini tadqiq etish va optimallashtirish;
  • Tog` muzliklari gidrologik rejimi va hozirgi tog` muzliklari hosil bo`lish muammolari;
  • Tog` daryolari oqimini hisoblash va prognozlash metodlarini takomillashtirish;
  • Tog`-kon qazilov ob`ektlari atrofida sun`iy yo`ldoshli geodezik to`rini ishlab chiqish;
  • Muhandislik inshootlari va ob`ektlari uchun yuqori aniqlikdagi geodezik to`rini ishlab chiqish;
  • Kadastr kartalarini loyihalash va tuzish;
  • Landshaftlarni tabiatdan nooqilona foydalanishning (qurilish, foydali qazilmalarni qazib olish va h.k.) salbiy oqibatlaridan muhandislik muhofaza qilish;   
  • Muhandislik inshootlarini (ekin maydonlari, aholi punktlari, avtomobil va temir yo`llar, ko`priklar va h.k.) tabiiy ofatlardan (surilma, sel toshqinlari, qurg`oqchilik, eroziya va h.k.) muhofaza qilish.





Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari