Tarix

Dekan Muminov Alisher Gaffarovich
Dekan,
Qabul Chorshanba-Shanba,
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-96-80
Faks
e-mail eurasia@mail.tps.uz

Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bo`lib, unda Qadimgi dunyo tarixi, O`rta asrlar tarixi va Yangi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "O`rta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, X.Hamroev, L.Gentshke, G.Kovalyov, O.Toshmuhammedov, G.A.Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G`. G`ulomov, Z.U. Choriev, A.S. Tatibaev Z.R.Ishonxo`jaeva, M.M.Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A.Muminov rahbarlik qilib kelmoqda.

Fakultet kafedralari faoliyati

O`zbekiston tarixi: kafedrasi 1939 yilda tashkil topgan. 2014 yilda u fakultetlararo O`zbekiston tarixi kafedrasi bilan birlashtirilib O`zbekiston tarixi kafedrasi deb qayta nomlandi. Kafedra Jahon tsivilizatsiyasining rivojlanishida O`zbekistonning o`rni mavzusi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyatiga professor R.H.Murtazaeva, Z.R.Ishonxodjaeva, X.E.Yunusova va O.P.Kobzevalar o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar.

Jahon tarixi: kafedrasi 1935 yilda o`z faoliyatini boshlagan. Kafedra dunyo tarixi fanlarining muammolarini o`rganish bo`yicha Respublikada yagona markaz vazifasini bajarib kelmoqda. 2000 yilda kafedra negizida 5A120302-Tarix (Umumiy tarix) magistratura mutaxassisligi ochildi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor bo`ldi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor bo`ldi.

Manbashunoslik va arxivshunoslik: kafedrasi universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yili tashkil topgan. 2003 yil iyul oyidan Manbashunoslik va maxsus tarixiy fanlar kafedrasi qoshida Arxivshunoslik bakalavr ta`lim yo`nalishi ochildi. 2007 yil iyunda arxivshunoslik bakalavr yo`nalishi bazasi asosida Tarix-arxivshunoslik, Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti, Arxeografiya mutaxassislari buyicha magistratura mutaxassisliklari ochildi. 2011 yil iyun oyida universitetda 5320300 Arxivshunoslik bakalavriat ta`lim yo`nalishi negizidagi 5A320301 Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti magistratura mutaxassisliklari qayta tashkil etildi.

Arxeologiya: O`rta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Arxeologiya kafedrasiga 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan asos solingan. Shu kunga qadar kafedradan 6 ta akademik etishib chiqqan. Kafedrada 1999 yildan boshlab 5A120401 Arxeologiya, 5A120402 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 5A120403Etnogenez (o`zbek xalqining etnik tarixi) magistratura mutaxassisliklari o`z faoliyatini boshladi. Kafedrada 2007-2008 o`quv yilidan boshlab (5120400-Arxeologiya) bakalavriat ta`lim yo`nalishi ochilib, talabalar qabul qilinmoqda.

Ilmiy faoliyat

2017 yil dekabr oyida kafedra professori A.S.Sagudullaevga Akademik unvoni berildi.

Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940 yildan tashkil etilgan o`quv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda. 1940 yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan. Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni taxlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarni amalga oshirishadi. Shuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bo`lib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi.

Arxeologiya kafedrasi qoshida zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo`lgan GIS laboratoriyasi tashkil etilgan. Laboratoriya ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan ta`minlandi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida o`rganish keng yo`lga qo`yilgan.

Tarix fakultetida talabalar uchun tashkil etilgan "Xalqaro hayot" ilmiy-amaliy seminari doirasida 2018 yil 1 may kuni akademik A.S.Sagudullaevning "Markaziy Osiyo qadimgi xalqaro aloqalar tizimida" mavzusidagi workshop shaklidagi seminar mashg`uloti bo`lib o`tdi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari