Xorijiy filologiya fakukteti

Dekan Joraeva Iroda Axmedovna
Dekan, Filologiya fanlari nomzodi dotsent
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-08-62
Faks
e-mail irodajuraeva@yahoo.com
Xorijiy filologiya fakulteti tarixi va bugungi faoliyati

Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri. Xorijiy filologiya fakultetiga 1962 yilda asos solingan. Fakultetning nomi Roman - german filologiyasi deb yuritilgan. Rus filologiyasi fakulteti 1943 yilda universitetning o`zbek filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil topgan. Rus filologiyasi fakulteti 1980 yilda alohida fakultet bo`lib ajralib chiqqan.

Xorijiy filologiya fakulteti 1994 yilda roman-german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakultetining tashkil topishida Ikkinchi Jahon urushi yillarida O`rta Osiyo universitetida mehnat qilgan rus olimlari akademiklar V.M.Jirmunskiy, V.F.Shishmarev, professor G.P.Vladimirovlarning xizmatlari katta bo`lgan.

Bugungi kunda fakultetda 5 nafar professor, 4 nafar fan doktori, 29 nafar fan nomzodlari, ulardan 24 nafari dotsent, 45 nafar katta o`qituvchi va 79 ta assistent o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan davr ichida fakultet vatanimiz xalq xo`jaligi va xalqaro tashkilotlar uchun 10 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultetni bitirganlar O`zbekistonning BMTdagi vakolatxonasida, vatanimizning qator davlatlardagi elchixonalarida, Angliya, Frantsiya, BAA, Hindiston, Iroq, Jazoir, Gvineya Respublikasi, Madagaskar va boshqa davlatlarda xizmat qilganlar va xizmat qilmoqdalar.

Fakultetning ilmiy yo`nalashidagi xalqaro aloqalari Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til o`qitish instituti, Gyote instituti, Frantsiyaning Fransua Rable nomidagi Tur universiteti, M.B.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetlari bilan hamkorliklar o`rnatilgan va professor-o`qituvchilar, iqtidorli talabalar u erda tahsil olib qaytishgan, ma`ruzalar o`qigan, shuningdek, ilmiy fikr almashib kelinmoqda. Fakultet professor-o`qituvchilar AQShning Origona universeteti va boshqa chet el tashkilotlarida o`z malakasini oshirganlar. Nemis filologiyasi kafedrasi Germaniyaning DAAD tashkiloti hamda Myunster universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. 2003 yildan shu paytgacha kafedra ushbu universitetning grantini yutib, qo`lda saqlab kelmoqda. Kafedra talabalari hamda o`qituvchilari  Germaniyada stajirovka o`taydilar, Myunster universiteti professor-o`qituvchilari esa fakultetga kelib talabalarga ma`ruzalar o`qiydi, treninglar uyushtiradilar, birgalikda ilmiy anjumanlar o`tkaziladi. Shuningdek, frantsuz filologiyasi kafedrasi Frantsiyaning nufuzli universitetlari Tur, Artua, Puate va Nitsa universitetlari  hamkorlik shartnomalarini imzolagan  va unga asosan mutaxassislikka doir fanlarni xorijiy o`qituvchilar olib boradilar.


 

Fakultetdagi mavjud  yo`nalish,  mutaxassislik va ixtisosliklar


Yo`nalishlar:

  • 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili) 
  • 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (nemis tili) 
  • 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (frantsuz tili) 
  • 5120100 - Filologiya vatillarni o`qitish (rus tili) 
  • 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda) 
  • 5111400 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 
  • 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) 


Magistratura o`qish muddati 2 yil 

Mutaxassisliklar:

  • 5A120102 - Lingvistika (ingliz tili) 
  • 5A120102 - Lingvistika  (rus tili) 
  • 5A120102 - Lingvistika (nemis tili) 
  • 5A120102 - Lingvistika (frantsuz tili) 
  • 5A120101 - Adabiyotshunoslik  (rus adabiyoti) 


Bakalavriyat ta`lim yo`nalishi(kechki)

  • 5120100 - Filologiya va tillarnio`qitish (ingliz tili) 
  • 5120100 - Filologiya va tillarni o`qitish (rus tili) 

Bakalavriat ta`lim yo`nalishi ikkinchi oliy ta`lim (sirtqi)

  • 5120100 - Filologiya va tillarnio`qitish (ingliz tili) 
  • 5120100 - Filologiya vatillarnio`qitish (nemis tili) 
  • 5120100 - Filologiya vatillarnio`qitish (rus tili) 
  • 5111300 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda) 
  • 5111400 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 


Tayanch doktorantura va  doktorantura o`qish muddati -3 yil
Ixtisosliklar:

10.00.04 -   Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti
10.00.06 -  Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.11 Til nazariyasi.   Amaliy va kompyuter lingvistikasi

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari