Xitoy Fanlar Akademiyasi delegatsiyasi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Bugun Xitoy Fanlar akademiyasi Prezidenti Bay Chunli (Bai Chunli) boshchiligidagi delegatsiyasi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani O`zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Maraximov qabul qildi. 
Uchrashuv davomida O`zbekiston Milliy universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti o`rtasida Ilmiy, ta`lim va texnik hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha shartnoma imzolandi.




Ushbu hamkorlik shartnomasi doirasida O`zbekiston Milliy universiteti bazasida qo`shma O`rta-Osiyo Fan va Ta`lim markazini tashkil etish, bakalavrlar uchun qo`shma o`quv dasturlari, 1+1 qo`shma magistrlik dasturlari joriy etish hamda ikki tomonlama qo`shma diplom berishni joriy etishga kelishib olindi. 

Markazda fizika, kimyo va biologiya sohasida keng hamkorlik qilinadi.Yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Bundan tashqari Xitoy universitetlari magistratura va doktoranturasida o`qish uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.




Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari