Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyodagi barqarorlik kafoloti

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida dastlab qabilalar, keyin katta shaharlar va davlatlar bir-biri bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirgan. Shu nuqtai nazardan 2017 yil O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan tinchlik, iqtisodiy, ijtimoiy hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.

Shu ijtimoiy hamkorlikning tarkibiy qismi sifatida 2018 yil 5-6 iyun kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida Astana-tinchlik shahri mavzusida va 6 iyunda Qozog‘istonda O‘zbekiston yiliga bag‘ishlangan Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyodagi barqarorlik kafoloti mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyaning birinchi kuni yalpi majlisida Astana tinchlik shahri mavzusiga bag‘ishlanib, unda Markaziy Osiyo bo‘yicha Evropa ittifoqining maxsus vakili Piter Burian, BMT Bosh sekretarining o‘rinbosari Ramzi Ezzelüdin Ramzi, AQSh global xavfsizlik markazi direktori Arielü Koen, OBSE tadqiqotlar markazining direktori Frank Evers, SVMDA sekriariatining direktori Gun Nzyanüvey ishtirok etdi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti direktori, Prezident huzuridagi xavfsizlik Kengashining raisi o‘rinbosari Vladimir Imomovich Norovning Astana xalqaro xamkorlik shahri mavzusidagi ma’ruzasini ishtirokchilar mazmuni mantiqiy izchilligi uchun mamnuniyat bilan qabul qildilar.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yiliga bag‘ishlangan konferentsiyaning 2 kuni yalpi majlisida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi muxtor elchisi Saidkarim Niyozxo‘jaev va O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Niginaxon Shermuxamedova ma’ruza qildi.

Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, xalqlar do‘stligini davlat chegaralari ham turli darajadagi siyosiy vaziyatlar ham to‘xtata olmagani, endilikda olimlar aholi ongining turli qatlamlariga dunyoda tinchlikni saqlashning bosh omili hamkorlik ekanligini tushuntirishdan iborat ekanligiga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, konferentsiyada Qozog‘istonda faoliyat olib borayotgan turli davlatlarning muxtor elchilari, Gruziya, Azarbayjan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Rossiya, Xitoy, Finlandiya, Germaniya, Polüsha, Turkiya, Vengriya kabi mamlakatlarning olimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining tarixiy ildizlari va hozirgi davr mavzusidagi ma’ruzada o‘zbek-qozoq xalqlarining hamkorligi haqidagi fikrlar anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zMU Axborot xizmati 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
10500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari