Xolon universiteti koordinatori? OzMUda dars beryapti

Shu yilning 13-20 fevral kunlari Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-oqituvchilari Isroil davlatida bolgan edi. Tashrif doirasida OzMU va Xolon texnologiya instituti ortasida innovatsion oquv dasturlar ishlab chiqish, professor-oqituvchilar va talabalar almashinuvini yolga qoyish, izlanishlar sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirish boyicha rejalar ishlab chiqish, multidistsiplinar dasturlarni yolga qoyish, OzMU negizida Xolon texnologiya universiteti fakultetini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Isroilning Xolon texnologiyalari universiteti GIS loyihasi va ilm-fanni loyihalash fakulteti koordinatori Mark Isroil kelishuvga muvofiq OzMUga tashrif buyurdi. 14 kunga moljallangan darslarda Mark Isroil oquv jarayonida AKT va Geologik tadqiqotlar uchun yangi tajriba mahoratini shakllantirishga oid tadqiqotlari bilan tanishtirmoqda. Isroillik mutaxassis bolgusi matematik, geolog va geograflarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarmoqda.
Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari