Ekologiya va ta`lim uyg`unligi



Ekologik ta`lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish bugunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetida o`tkazilgan davra suhbati ana shu mavzuga bag`ishlandi. 
Unda ishtirok etgan O`zMU O`quv ishlari bo`yicha birinchi prorektori Davlatboy Jumaboev, ekologiya bo`yicha xalqaro ekspertlar so`nggi yillarda mazkur fakultetda biolog olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko`lami, YuNESKO doirasida tashkil qilinayotgan seminar-treninglar va yangi loyihalar haqida so`z yuritdilar. 

Aytish joizki, Ekologiya kafedrasida AQShning Vashington universiteti professori Maykl Broudi, Germaniyaning Martin Lyuter universiteti professori Ilhom Soliev va boshqa xorijlik mutaxassislar tajriba almashib, Biologiya fakulteti talabalariga mashg`ulotlar ham o`tdilar. 

Bu ilg`or tashabbus yana  2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so`zsiz amalga oshirish, respublikamiz hududidagi ekologik masalalarni jamlagan holda ta`lim tizimi tomonidan ushbu masala echimiga hissa qo`shish, o`sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ularning ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan, dedi O`zMU O`quv ishlari bo`yicha birinchi prorektori. Bu borada O`zbekiston Respublikasining Ekologik ta`limni rivojlantirish kontseptsiyasi va uni amalga oshirish bo`yicha yo`l xaritasi mazmun-mohiyatini teran anglab olmoq zarur. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida" va "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi Qonunlariga muvofiq ekologik ta`limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini bosqichma-bosqich ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish va buning asosida ekologik ta`limning samaradorligini yangi bosqichiga olib chiqishda biolog olimlardan ulkan mas`uliyat talab etiladi. 

Davra suhbatida ta`lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etish, maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirishga doir faoliyatdan kelib chiqib, takomillashtirish, ta`lim oluvchilarning e`tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolishga bo`lgan mas`uliyatini kuchaytirish, ta`lim oluvchilarga ekologik ta`lim va tarbiya berishning va bu boradagi ma`rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ekologik ta`limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko`rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta`minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`yicha davlat boshqaruvi organlari va ta`lim sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikrlashib olindi. 

O`zMU axborot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari