Yana bir Nobel mukofoti sovrindori - turkiyalik Aziz Sanjar O`zbekistonda




Shuningdek Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rahbari Inom Majidov ham olim bilan muzokaralar o`tkazdi.

O`zbekiston tomon mashhur olimning yurtimizga tashrifi yoshlarimizning ilmiy tadqiqot ishlariga bo`lgani qiziqishi ortishida, ularning o`z oldiga aniq maqsadlar qo`yib, tanlagan sohasida ijobiy yutuqlarga erishishida sezilarli turtki bo`lishini qayd etdi.

O`z navbatida, janob Aziz Sanjar O`zbekistonda o`zini Ona-Vatanidagidek his qilayotgani, o`ziga berilgan Nobel mukofoti butun turkiy xalqlar mukofoti deb hisoblashini alohida ta`kidladi. Shuningdek, taniqli olim o`zbek allomalarining jahon tsivilizatsiyasiga qo`shgan bebaho hissasini e`tirof etar ekan, ilm-fan taraqqiyoti fundamental tadqiqotlar bilan uzviy bog`liqligini qayd etdi.



Turkiyalik olim, Shimoliy Karolina Universiteti (AQSh) biokimyo va biofizika fanlari professori 15-22 oktyabr kunlari O`zbekistonda bo`lib, Milliy Universitetning yosh mutaxassislari, bakalavr, magistrant va doktorantlari uchun ma`ruzalar o`qiydi, shuningdek molekulyar biologiya sohasida mutaxassislar bilan tajriba almashadi. Bundan tashqari, u respublikamiz yosh olimlarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga jalb qiladi.

Janob Sanjar Azizning Toshkentga tashrifi vaqtida uning shuningdek Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen, Milliy Universitet rektori A.Marahimov, TIKAning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Isxan Chag`lar bilan uchrashuvlar o`tkazishi rejalashtirilgan.

Nobel mukofoti sovrindori tashrifi davomida O`zbekiston Milliy Universiteti molekulyar biologiya sohalararo qo`shma laboratoriyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, 18-21 oktyabr kunlari Aziz Sanjar O`zbekistonning tarixiy shaharlari - Xiva, Urganch, Buxoro va Samarqandda bo`ladi hamda u erlarda ham yosh olimlar bilan uchrashadi.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari