O‘zbekistonlik talabalar Bolgariyada matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 2 ta oltin va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonlik talabalar Bolgariyada matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 2 ta oltin va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 2228 iyulü kunlari Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida talabalar o‘rtasidagi an’anaviy 25-xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematics Competition for University Students, www.imc-math.org.uk) bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o‘zbekistonliklardan 4 nafar talaba ishtirok etdi. 


O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulütetining 4-bosqich talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar oltin medallar (1-darajali diplom), Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti mexanik muhandislik fakulüteti 3-bosqich talabasi Farrux Muxammadiev va O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulütetining 1-bosqich talabasi Tolibjon Ismoilovlar esa bronza medallar (3-darajali diplom) bilan taqdirlandi. Jamoaga Shveytsariyaning Bern Universiteti matematika instituti hamda Buyuk Britaniyaning University College London ta’lim muassasalari katta ilmiy xodimi, matematika fanlari doktori (PhD) Orif Ibrogimov rahbarlik qildi.

Talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi hisoblanmish ushbu olimpiada 1994 yildan buyon muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiadada qatnashchilarga ikki kun davomida Algebra (chiziqli va abstrakt), Analiz (haqiqiy va kompleks), Geometriya va Kombinatorika sohlaridan masalalar beriladi va ulardan echimlarini ingliz tilida taqdim etishlari talab etiladi. Olimpiadadan so‘ng qatnashchilarning yozma ishlari jamoa rahbari tomonidan himoya qilinadi va ballar to‘planadi.

Ta’kidlash joizki, Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar 2017 yilgi talabalar o‘rtasidagi 24-xalqaro matematika olimpiadasida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Farrux Muxammadiev va Tolibjon Ismoilovlar esa akademik Qori-Niyozov xotirasiga bag‘ishlangan 2018 yilgi Respublika matematika olimpiadasining g‘oliblaridir.

Jamoaning ushbu xalqaro olimpiadada ishtirok etishida moddiy va tashkiliy tomondan ko‘rsatgan yordam va homiyliklari uchun O‘zbekiston Milliy Universiteti rahbariyatiga, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyatiga, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashiga hamda xususiy tadbirkor Davron Madirimovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Jamoa rahbari Orif Ibrogimov

Manba: daryo.uz 


Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari