Butun olamni jo qilgan yurak

2018 yil 26 oktyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi o`qituvchisi Raximova Dilbar murabbiylik qilayotgan 1 kurs 100-101 guruh  talabalari O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. 

Yodgorlik majmuaga kiraverishda, Birinchi Prezidentning muhtasham haykali talabalarni hayratda qoldirdi.
Guruh murabbiysi D.Raximova talabalarga yodgorlik majmuasining asosiy vazifalari haqida quyidagi ma`lumotlarni berdi: 
- O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo`lga kiritishga, davlatchilikni qurishga qo`shgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish;
- yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat, vatanparvarlik va o`z Vatani uchun mas`uliyatni his etish ruhida tarbiyalashdir. 
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qarorgohi bo`lgan Oqsaroy saroyi hududi talabalarni lol qoldirdi. 
Hozirgi kunda I.A.Karimovning 80 yilligiga bag`ishlangan ko`rgazmasi -  tasviriy portretlar ko`rgazmasi va fotoko`rgazma ish yuritmoqda. Talabalar suratlarda Birinchi Prezidentimizni nafaqat davlat arbobi sifatida, balki uning mehr oqibat, sevgi, insonparvarlik g`oyalari va oilaviy qadriyatlar singari insoniy fazilatlarni ham aks etilganini guvohi bo`ldilar.

"Butun olamni jo qilgan yurak" ko`rgazmasi ekspozitsiyasi Islom Karimovga bag`ishlangan fotosuratlar va suratlarning kichik qismini taqdim etgan. Suratlarda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshligi, O`zbekistonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy rivojlanishida Islom Karimovning o`rni,  mustaqillikni qo`lga kiritishda va O`zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi obro`sini mustahkamlashga qo`shgan hissasi kabi onlar aks ettirilgan.   

Ko`rgazmani o`rgangach, talabalar mehmonlar kitobida o`z xohish-istaklarini qoldirdilar. O`zbekiston xalqini yuragiga, qalbiga jo qilgan Birinchi Prezidentimiz xotirasi abadiydir. 

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari