Xolon universiteti koordinatori? O‘zMUda o‘z darslarni boshladi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 14 kunga mo‘ljallangan mahorat darslari boshlandi. Mazkur jarayonni Isroilning Xolon texnologiyalari universitetidan GIS loyihasi va ilm-fanni loyihalash fakulüteti koordinatori dr. Mark Israil olib bormoqda. Ushbu darslarni tashkil qilishdan maqsad belgilangan o‘quv rejaga asosan, AKT hamda Geologik tadqiqotlar uchun yangi tajriba mahoratni shakllantirish va o‘quv jarayoni bilan birgalikda ko‘plab sohaga oid qiziqarli tajribalarni o‘tkazish rejalashtirilgan! O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimovning ta’kidlashicha, ta’limning bu uslubi "...qo‘llanilmagan yangidan-yangi texnologiyalarni o‘rganish bilan bir qatorda, xalqaro tajribaning Geoinformatsion yo‘nalishdagi inovatsion yondashuvlarni amaliyotda qo‘llanishini tadbiq qilish to‘g‘risida ta’limning yangi ko‘rinishini joriy qilishdan iborat" deb qayd etildi. Hozirda dr. Mark Israil talablarni 5 guruhga taqsimlab, oldinda turgan 2 haftalik ta’limda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar va qo‘yilgan talablar tog‘risida ma’lumot bermoqda. Matematika, Geologiya va geografiya fakulütetlarining talabalari o‘quv jarayonining ishtirokchilari va o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib bir qator savollariga Isroillik mutaxassis tomonidan to‘xtalib o‘tilmoqda
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari