“InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligiga start berildi

Bu yilgi "InnoWeek.uz-2022" Xalqaro Innovatsion g'oyalar haftaligi “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” ga bag'ishlandi. Haftalik doirasida O'zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar taqdim etilmoqda.




Ushbu haftalikda O’zbekiston Milliy universitetining Biologiya, Kimyo va Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetlari ham ishtirok faol ishtirok etmoqda, xususan, OʻzMU Biologiya fakulteti Orol bo’yi sho’ralangan tuproqlarning unomdorligini oshirishda ekologik sof agrobiotexnologiyalar mavzusi bilan ishtirok etmoqda. Bundan tashqari Biologiya fakulteti “Genetika” kafedrasi olimlari tomonidan yaratilgan g‘o‘zaning yangi Kamolot-79 va CП-1303 g‘o‘za navlari, rangli tolali g‘o‘za liniyalarini respublikamiz hududlariga joriy etish ekin maydonlarini kengaytirish klaster va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha “InnoWeek-2022 International Week of innovative Ideas” Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
O’zMU Axborot xizmati