Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Inson aziz….


Bashariyat uchun, tinchlik va yorug‘ kunlar uchun, avlodlarning saodatli hayoti uchun jon fido qilgan, jang maydonlarini mardonavor kechgan otalarimiz, front ortida turgan boboyu buvilarimiz!
Bugun xotira va qadrlash kuni! Bu kun biz uchun jon fido qilganlarni xotirlash kuni!
Bugun inson qadri, umri, insoniylik uchun qalqon bo‘lganlarni yodlash kuni!
Xalqimiz kelajagi uchun qay zamon va qay yo‘sinda bo‘lmasin oyoqqa turganlarni xotirlash, piru - badavlatlarimizni ezozlash bizning burchimizdir. Yaqin o‘tmishda tinchlik, millat taraqqiyoti, jahon ayvonida inson qadri uchun kurashganlarga hamisha tazimdamiz.
Talim sohasida, tarbiyada o‘ziga xos maktab yaratgan olimlarni kamol toptirgan marifat beshigi bo‘lgan universitetimizning faxriylari, ustoz-pedagoglar! Xotira va qadrlash kunida yana bir bor Sizlarga tazim qilamiz. Mustahkam sog‘liq, oilangizga halovat, tinchlik tilaymiz. Har doim yaqinlaringiz hurmati va ardog‘ida yuring. Biz uchun hamisha qadrlisizlar. Doimo eʼzozimizdasiz.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
rektori Inom Madjidov