Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Iqtidorli talabalar munosib taqdirlandi!

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash va ularning Matematika boʻyicha bilim darajasini oshirish maqsadida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti rahbariyati tomonidan 3 bosqichli Matematika fan olimpiadasi tashkil etildi.

Mazkur olimpiadada OʻzMU Matematika fakultetining ta’lim shaklidan qat’iy nazar 1-2 bosqich talabalari ishtirok etdilar. Ushbu olimpiadada bilimga chanqoq yoshlarning 500 nafardan ziyodi faol ishtirok etib, gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Olimpiadaning birinchi va ikkinchi bosqichlari onlayn tashkil etildi, uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun 15 nafar talabalar yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Yakuniy bosqichda talabalar oflayn shakldagi sinovda gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Soʻnggi natijalarga koʻra, gʻoliblikni qo'lgan kiritgan talabalar quyidagicha taqdirlandi:

Final bosqichida gʻolib boʻlgani uchun:

2-bosqich talabasi Mahmudov Farrux III darajali diplom hamda 500 000 soʻm pul mukofoti;

2-bosqich talabasi Norboyev Jahongir II darajali diplom hamda 750 000 soʻm pul mukofoti;

1-bosqich talabasi Nabixonov Nabixon I darajali diplom hamda 1 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandilar!

G'oliblarga mukofotni fakultet dekani O.Zikirov, "Matematik analiz" kafedrasi mudiri, akademik A.Sa’dullayev hamda "Algebra va funksional analiz" kafedrasi mudiri B.Omirovlar topshirdilar.

Tadbir yakunida fakultet dekani O.Zikirov va akademik A.Sadullayevlar mazkur olimpiadada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga, ularning ota-onalariga hamda ularga bilim berib kelayotgan ustozlariga fakultet rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirdilar. 

O`zMU Axborot xizmati