Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo'lim boshlig'i: Bekimatova Gulchehra Kalandarovna

Telefon: 94 316 51 19

Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar xodimlardan iborat.

Bo‘limning funksional vazifalari:

- iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;

- iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish;

- iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

-  iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
-  iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga va ijodiy  jamoalariga jalb qilish;

-  iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;

-  iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash;

-  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun ajratilgan qabul kvotalarining ta’lim sohalari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha tanlovlarda nomzodlar ishtirokini tashkil etish;

-  reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash; -  iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.