Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Istiqbolli hamkorlik yo’lida

Joriy yilning 20-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Oliy iqtisodiyot maktabi Sankt-Peterburg filiali direktori Anna Yurevna Tishetskaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda ilmiy hamkorlik, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka va yozgi maktablarni tashkil etish xususida fikr yuritildi. Shu bilan birga, ikkala OTM fakultetlari, xususan, Iqtisodiyot, Xorijiy filologiya, Tarix, Ijtimoiy fanlar kabi fakultetlarning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi tuzish uchun ishchi guruh tashkil etish hamda bu yilgi O‘zMUda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan yozgi maktablarda Oliy iqtisodiyot maktabi Sankt-Peterburg filiali talabalarini ham jalb etishga kelishib olindi.

O`zMU Axborot xizmati