ISTIQBOLLI MAQSADLAR YO’LIDA XORIJGA SAFAR

O'zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishlash bo'limi koordinatori Go'zal Qambarovalar 3-4 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tadigan Elsevier kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan "SciVal platformasidan faol foydalanuvilarning VI uchrashuvi" da qatnashmoqdalar.
Mazkur xalqaro tadbirda Yaqin Sharq, Markaziy Osie va Turkiyaning yetakchi universitetlaridan eng faol foydalanuvchilari taklif qilingan.
Tadbirda SciVal va Scopus platformasidan foydalanish, universitet nashriy faolligini tahlil qilish, THE xalqaro reytingida barqaror rivojlanish maqsadlari boʼyicha universitet natijalari kabi mavzularda taqdimot chiqishlari va bahs-munozaralar bo'lib o'tdi.
Mazkur xalqaro tadbirga O'zbekistondan O'zbekiston Milliy universiteti SciValdan faol foydalanuvchi muassasa sifatida taklif qilingan.
P.S. Xalqaro tadbir 4 noyabr kuni ham o'z ishini davom ettiradi.


Xalqaro aloqalar bo'limi