Italiyaning Oʼzbekistondagi elchisi Аgost Pinna OʼzMUga tashrif buyurdi

Bugun 27 may kuni Italiyaning Oʼzbekistondagi elchisi Аgostina Pinna OʼzMUga tashrif buyurdi. Elchi janoblarini universitet rektori Inom Madjidov va soha prorektorlari kutib oldi. Uchrashuvda Аgostina Pinna oxirgi yillarda Oʼzbekiston-Italiya oʼrtasidagi iqtisodiy, madaniy, fan-taʼlim sohasidagi hamkorlik yanada kengayib borayotganligi, yaqin kelajakda Oʼzbekiston-Italiya rektorlar forumini oʼtkazish rejalashtirilayotganligini aytib oʼtdi.
Inom Madjidov Oʼzbekiston Milliy universitetining Italiya davlati oliy taʼlim muassasalari bilan olib borayotgan oʼquv va ilmiy sohalardagi hamkorligiga toʼxtalib, hamkorlikni amaliy sanʼatshunoslik, arxeologiya, geologiya yoʼnalishlarida yangi rakursda davom ettirish masalalariga atroflicha toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, Аgostina Pinna kelgusi oʼquv yilida Italiya oliy taʼlim muassasalaridan fizika va boshqa sohalarda professorlarni jalb qilishda amaliy yordam berishi hamda ular ishtirokida ilmiy mavzulardagi davra suhbatlarni tashkil qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Jumladan, elchi janoblari yurtimizda salohiyatli kadrlar tayyorlashga boʼlgan eʼtibor va yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlarni yuqori baholadi.



Xalqaro aloqalar bo'limi