Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri oʻtkazildi

Joriy yilning 16-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi (Panorama) da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining 2000 ga yaqin talaba-yoshlari, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ma’rifat bo’limi vakillari, barcha fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda 70 ga yaqin tyutorlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o’rtasida jinoyatlarni oldini olish va jaholatga ma’rifat orqali kurashishdan iborat.
Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritilib, jaholatga qarshi kurashda jamiyatda ta’limning o‘rni haqida fikr bildirdi. Shuningdek, muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli qisqa metrajli film taqdim etildi.

O`zMU Axborot xizmati