JAHON BANKI XALQARO ILMIY LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRADI

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi 2022-yil 12-15 aprel kunlari Qirg’iz Milliy universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi, Bishkek shahri)ga tashrif buyurdi. Ikki davlat Milliy universitetlari o‘rtasida 2021-yil oktabr oyida imzolangan Memorandumda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan samarali foydalanish holati va istiqbollari; shuningdek, ekologik holat: biofauna va florasini tadqiq qilishda ilmiy hamkorlik qilish vazifasi ustuvor etib belgilangan.



Ushbu yo'nalishdagi Xalqaro ilmiy loyihani amalga oshirishda Jahon Banki hamkorligini yo'lga qo‘yish maqsadida joriy yil 14-aprel kuni O‘zbekiston va Qirg’iz Milliy universitetlari delegatsiyasi Jahon Bankining Qirg’izistondagi vakolatxonasiga tashrif buyurishdi. Jahon Bankining Qirg’izistondagi vakolatxonasi rahbari janob Navid Xasan Navki bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xalqaro ilmiy loyihaning maqsad va vazifalari hamda erishiladigan natijalar batafsil muhokama etildi. Muzokaralar natijasida ushbu Xalqaro ilmiy loyihani amalga oshirishda Jahon Bankining hamkorlik qilishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

O’zMU Axborot xizmati