Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Jahon chempionati. OʻzMU talabasi Ulugʻbek Rashitov gʻalaba bilan boshladi

Taekvondo WT boʻyicha uzoq kutilgan jahon chempionati Meksikaning Gvadalaxara shahrida 13-20 noyabr kunlari boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning eng kuchli taekvondochilarini oʻzida toʻplagan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi toʻliq tarkibda ishtirok etmoqda. Tarkibda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari Ulugʻbek Rashitov, Jasur Jaysunov hamda Svetlana Osipovalar jahon chempionatida debyut qilishadi. Musobaqada jami 122 davlatdan 755 nafar professional sportchilar ishtirok etmoqda.

-68 kg vazn toifasida birinchi davradan erkin oʻtgan talabamiz Ulugʻbek Rashitov 3-bosqichda Puerto-Riko vakili Adrian Benitez bilan toʻqnash keldi. Tajriba bobida raqibidan ancha ustun boʻlgan yurtdoshimiz ikki raundni yirik hisoblarda oʻz foydasiga hal qildi va keyingi davraga yoʻl oldi. Tez orada -74 kg va -73 kg vaznli talabalarimiz Jasur Jaysunov va Svetlana Osipovalar dayanga chiqadi. 

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa Parij-2024 olimpiadasi yoʻlida katta reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli.

O‘zMU Axborot xizmati