Janubiy Koreya olimlari bilan uchrashuv

28-mart kuni KOICA va Koreya kimyo-texnologiyalar tadqiqot instituti (KRIST) vakillari O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Koreya respublikasi tomonidan KRICT institutining katta adminstrativ xodimi Eunmi Park (Inmi Park), global biznes (Hyundai Asan) guruxi rahbari Daeseong Jeong (Desong Chong), maslahatchi-menedjer Myungsuk Lee (Mensu Li), C&C Platform ishlab-chiqarish videokompaniyasining bosh direktori HEEYOUNG CHOI (XIYON CHOY), “Kortour” turistik agentligining bosh direktori HYUNGUEON SIN ( XENGEN SIN) hamda “Kortour” xodimi JANNA LI (JANNA LI) qatnashdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha universitet prorektori Raima Shirinova, kimyo fakulteti dekani Shahnoza Qodirova hamda fakultet professor-o'qituvchilari va xalqaro aloqalar bo‘limi hodimlari ishtirok etdilar.
Qizg‘in munozaralar bilan o‘tgan davra suhbatida Koreya Respublikasida magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun iqtidorli nomzodlarni tanlab olish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Boshlang‘ich tadbirlar shu yilning aprel oyiga mo‘ljallandi. Tanlab olingan nomzodlarning tahsil olish jarayonidagi barcha harajatlar Koreya Respublikasi tomonidan to‘liq qoplanishi hamda bitiruvchilar O‘zbekistonda munosib ish bilan to‘liq taʼminlanishi haqida kelishib olindi.




Xalqaro aloqalar bo'limi