“Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida II-Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida II-Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tashkil etishdan maqsad respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda respublikamizning barcha qatlamlarida jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo'llarini izlash, yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanishi jarayonini takomillashtirish qonuniyatlari, metodologik va uslubiy sharoitlarini o‘rganish. Jismoniy tarbiya va sportning o‘quvchilar, talabalar va oila hayotidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan izlanishlar, tajribalar va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar muhokamasi olib borishdan iborat.



Anjumanning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent Davlat tibbiyot akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, O’zMU soha prorektorlari, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti dekani Vladimir Rahimov, fakultet professor-o’qituvchilari, Osiyo va jahon yosh chemoionlari, Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni malakasini oshirish instituti va boshqa Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagog kadrlari hamda mutaxassislar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Bugungi anjuman talaba va ustoz-murabbiylar o‘rtasida o‘zaro fikr almashishini, shuningdek, jismoniy tarbiya muammolarni hal etishdagi taklif-mulohazalarni muhokama qilish shu jumladan, munosib takliflarni amalga oshirish yuzasidan yo'l xaritasi ishlab chiqish uchun tashkil etildi" -deydi O‘zMU Taekvondo va sport faoliati fakulteti dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov.
Mazkur anjuman doirasida bir qator ustoz va murabbiylar chiqishlaridan so‘ng O‘zMU Taekvondo fakulteti 3-bosqich iqtidorli talabasi Aziza Xolova o‘zining "Jismoniy tarbiyadagi yutuq va kamchiliklar" (Taekvondo sport turi misolida) nomli maʼruzasi bilan ishtirok etdi.Bugungi kunda taekvondo sport turiga oid mamlakatimizda yutuqlar kun sayin ortib bormoqda. Xususan, Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova erishayotgan yutuqlari bunga misol bo‘ladi. Ammo bugungi kunda iqtidorli sportchilarni jahon miqyosiga olib chiqishda vazn bilan bog‘liq bir qancha muammolar bor! Misol uchun, 46-49 vazn toifasidagi sportchilar taekvondo sport turi bo‘yicha uyushtirilyotgan sport musobaqalarida chiqish qila olmaydi. Men o‘z ilmiy ma’ruzamda shu normativlarni yanada qisqartirish taklifi bilan chiqyapman deya -ta’kidladi talaba Aziza Xolova.


Tadbirni yanada jonlantirish shuningdek, O‘zMUning jismoniy tarbiyaga ixtisoslashgan fakulteti yoshlari imkoniyatlarni amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatish maqsadida kurash va taekvondo sport turi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar uyushtirildi.
Anjuman yakunida ustoz-murabbiy va talabalar tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirilib, jismoniy tarbiya fakultetlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo‘yishga oid kelishuvga erishildi.


O’zMU Axborot xizmati