Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Jurnalistika fakulteti olimlari V Xalqaro Mediaforumda ishtirok etdilar

Joriy yilning 2-martida O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ga aʼzo bo‘lganining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Aprel oyining boshida esa Jurnalistika fakulteti olimlari onlayn formatda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti tashkil etgan «Tekshirilgan axborot asosida virtual taʼlimni takomillashtirish» mavzusidagi V Xalqaro Jurnalistika forumida ishtirok etdilar. Mediaforum qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining BMTga aʼzo bo‘lganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.
Xalqaro forum ishida O‘zbekiston vakillaridan tashqari Niderland, Slovakiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston olimlari qatnashdilar. Anjuman davomida virtual o‘qitish va raqamli taʼlimning chegaralari va shakllari, virtual taʼlim jarayonida personallashuv, taʼlim sifati va bag‘olanishi, anʼanaviy va raqamli taʼlimning yaqinlashuvi, onlayn malaka oshirish imkoniyatlari, axborot haqqoniyligi, raqobatbardosh OAVni shakllantirishda ilmiy tadqiqotlarning talaba klaterlarini tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi. Mediatadqiqotchilar o‘z maʼruzalarida axborot xavfsizligi, dezinformatsiya davrida milliy massmedialar amaliyotiga hamda jurnalist kadrlar tayyorlash masalalariga alohida diqqat qaratishdi.
BMTning «Akademik doiralar bilan Hamkorlik» Tashabbusi(YuNAI)ga muvofiq oliy o‘quv muassasalari Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda o‘z munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. 2010-yildan boshlab YuNAI talabalar, o‘qituvchi, olim, tadqiqotchilar hamda tahliliy markazlar, OO‘Yu, uzlukiz taʼlim va taʼlim uyushmalaridan tarkib topgan tarfa va dinamik tarmoq rivojlantirib kelmoqda. Ushbu tarmoq dunyoning turli mintaqalaridagi 147 ta mamlakatning 1400 aʼzo muassasalarni hamda taʼlim-fan doirasida 25 milliondan ziyod faoliyat yuritayotgan odamlarni birlashtiradi. Ushbu tarmoqda oxirgi yillarda O‘zMU olimlari ham faol qatnashmoqdalar.

O‘zMU Axborot xizmati