Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Jurnalistika fakulteti talabasining “Baliq va toʻti” nomli she’r va hikoyalar toʻplami taqdimoti o’tkazildi

Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Anvarova Naimaning bolalar uchun moʻljallangan “Baliq va toʻti” nomli she'r va hikoyalar toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda moderator OʻzMU rektori ilmiy-adabiy maslahatchisi, filologiya fanlar doktori professor Hamidullo Boltaboyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy -marifiy ishlar boʻyicha prorektor, professor Jabbor Muhammadiyev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Muhammadali Qoʻshmoqov, uyushmaning Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi raisi Orif Toʻxtash, "Gʻuncha" jurnali bosh muharriri Dilfuza Shomalikova va universitet proffesor-oʻqituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etdi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Naima Anvarova Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Muallifning "Makka va Hakka" nomli ilk kitobi 2019-yilda Respublika yosh ijodkorlarning Zomin seminarida Yozuvchilar uyushmasi "Ijod" fondi tomonidan chop etilgan.

O’zMU Axborot xizmati