Jurnalistika fakultetida navbatdagi kasting o’tkazildi


Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unversiteti Jurnalistka fakultetida "Dunyo bo‘ylab" telekanali ijodkorlari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda talabalar telekanal ijodkorlaridan foydali tavsiyalar olishi bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Xususan, kelgusida o‘z faoliyatini televideniyeda davom ettirishni istagan talabalar uchun "Dunyo bo‘ylab" telekanali muhbirlik shtatiga kasting o’tkazildi.
Tadbir yakunida fakultet rahbariyati hamda telekanal mas’ullari bilan talabalarni ish bilan ta’minlash masalasida kelishuvga erishildi.
O’zMU Axborot xizmati