Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Kampusdan tashqarida joylashgan klinikalar

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalar uchun juda qulay hududda joylashgan. Mazkur talabalar shaharchasida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari 30 mingga yaqin va Toshkent Davlat texnika universitetida ham 30 minga yaqin talabalar tahsil oladi. Bu xudud talabalarga har tomonlama qulaylik yaratgan.

Transportlarning qulayligi, do‘konlarning qulayligi, talabalarning salomatligi uchun esa poliklinikalar, klinikalar, dorixonalar hamda xizmat ko‘rsatish shaxobchalari mavjud, ayniqsa hududda 11 ga yaqin klinikalar joylashgan. Universitet joylashgan xudud  talabalar tahsil oladigan binolar alohida va uning yonginasida esa talabalar turar joylari joylashgan bo‘lib qulay hudud hisoblanadi. 

Xorijiy filologiya fakultetining to‘g‘risida esa AKFA Medline xususiy klinikasi joylashgan bo‘lib bu yerda barcha xizmatlar mavjud, ko‘riklardan o‘tish, analizlar topshirish, kunduzgi statsionar muolajalorni qabul qilish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Universitet kampusining yonida esa 10 dan ortiq dorixona, Onkologiya shifoxonasi, Nano medical clinic, Eko-Iksi Clinic, Nano Medical Clinic, Real Medical, Dialab Medical Service, Optimed Clinic, TMC Medical Service klinikalari joylashgan.