Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Kazan Federal universiteti negizida Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniy-maʼrifiy markaz ochildi

O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan 14 dekabr kuni Qozon Federal universitetiga tashrif buyurdi. Maʼlumki, hozirgi kunda tashqi xalqarolashtirish ishlarini rivojlantirish va xorijda fakultet filiallari va ilmiy markazlar va qo‘shma laboratoriyalar ochish masalasi dolzarblik kasb etmoqda.

O‘zMU rektori Inom Majidov universitetlar o‘rtasida taʼlim, ilmiy va ijtimoiy-madaniy tadbirlar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Kozon Federal universiteti filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti negizida Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniy-maʼrifiy Markaz ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Markaz Tataristonda o‘zbek tili va madaniyatini ommalashtirish va rivojlantirishga, umuman, Qozon universiteti va O‘zMU o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Oldin xabar berganimizdek 30 noyabrda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Kayum Nasiri institutining o‘quv va madaniy markazini ochilgan edi. Mazkur markazlar mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlashga ham hissa qo‘shadi. Zero, mazkur markazda mamlakatlarimiz ilm-fan rivojiga yo‘naltirilgan ko‘plab samarali qo‘shma loyihalar tug‘iladi va amalga oshiriladi.

Xalqaro aloqalar bo'limi