Kimyo fakulteti talabalariga xorijiy olim ma’ruza o‘qidi

OʻzMU Kimyo fakultetiga Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Junpey Kuvabara tashrif buyurdi. Professor Junpey Kuvabara “Tutash polimerlarni oson sintez usuli” mavzusida fakultet professor-o’qituchilari hamda magistr talabalariga ma’ruza oʻqidi. Xorijiy olim oʻz nutqida tabiatda uchraydgan ko’plab moddalar orasida boshqalardan o’zining fizikaviy xosslari bilan keskin farq qiluvchi yuqori qovushqoqliligi tufayli tolalar, pardalar hosil qola oladigan guruhi mavjudligini ta’kidladi. - “Organik yuqori molekulyar birikmalar sintezi XIX asr o’rtalaridan boshlangan. 1835-yilda Ren’e vinil xloridning yorug’lik ta’sirida oddiy quyi molekulyar birikmalardan keskin farqlanuvchi moddaga aylanishini kashf qildi. Keyinchalik bu natija polimer moddalar sintezining birinchilardan ekanligi tan olindi”, - deydi professor Junpey Kuvabara.
Talaba-yoshlar mavzu bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega boʻlishdi. Fakultetda bu kabi xorijiy hamkorlik ishlari uzviy davom etmoqda.



O’zMU Axborot xizmati