Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

KIMYO FAKULTETIDA TALABALAR VA PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR IJROSIDA DAVLAT MADHIYASI YANGRADI

1992-yilning 10-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI TOʻGʻRISIDA” gi Qonun qabul qilingan kun. Ushbu sana va bayram munosabati bilan erta tongdan OʻzMU Kimyo fakultetida talabalar va professor-o‘qituvchilar ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin. Xonadonlarimizda tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka boʻlsin. Har tong xonadonlarimizda fayzli tonglarda Madhiyamiz yangraversin! Barkamol avlodga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli ishlaringizda hamisha omad yor boʻlsin. Shogirdlarimiz dunyoning eng nufuzli musobaqa va tadbirlarida Yurtimiz bayrogʻini koʻtarganda goʻzal madhiyamiz yangraversin.
HAR DOIM VA HAMISHA SHUNDAY BOʻLSIN!

O`zMU Axborot xizmati