Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Konferensiyalar

2023 yilda xalqaro va respublika  miqyosda o‘tkazilgan anjumanlar haqida ma’lumot

2023 yil 26-27  may  kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti “Mexanika va matematik modellashtirish” kafedrasida elastik va plastik muhitlar dinamikasi nazariyasiga oid maxsus  yuksizlanish to‘lqinlari  tarqalish jarayenini kashf etgan  va “”Raxmatulin  to‘lqinlari” deb tan olingan mexanik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Xalil Axmedovich Raxmatulin xotirasiga bag‘ishlab  “Raxmatulin o‘qishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman nazariy va tatbiqiy mexanikaning keng qamrovli masalalarini muhokama qilish, mexanika sohasida tadqiqotlar olib borayotgan chet el va o‘zbek olimlarining uzluksiz davom etadigan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, olimlar o‘rtasida amaliy natija beradigan samarali hamkorlik va ilmiy g‘oyalar almashinuvini  kuchaytirish maqsadida  M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, N.YE.Jukovskiy  nomidagi Markaziy Aerogidrodinamika instituti va M.T.O‘razboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Anjumanda 150 nafardan ortiq  professor-o‘qituvchi va talabalar; Rossiya, AQSH, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarning olimlar ishtirok etishdi.
Anjuman materiallari to‘plami http://conf.mech-2023.nuu.uz/ ва https://www.mathnet.ru/php/conference  platformasida e’lon qilindi.


O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING 105 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “ANALITIK KIMYONING DOLZARB MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO PROFESSOR O‘QITUVCHILAR VA YOSH OLIMLAR ISHTIROKIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI TO‘PLAMI


2023 yilda xalqaro va respublika  miqyosda o‘tkaziladigan anjumanlar ro'yxati


2023 yilda xalqaro va respublika  miqyosda o‘tkazilgan anjumanlar haqida ma’lumot

1. 2023-yil 11-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi qomusiy olim, shoir, atoqli sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur mirzo tavalludining 540-yilligi munosabati bilan uning Sharq davlatchiligi tarixidagi tutgan o‘rni, markazlashgan davlat tuzish tajribasini o‘rganish hamda ulug‘ adib adabiy merosining Sharq xalqlari madaniy tarixidagi ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida AQSH Michigan davlat universiteti, Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bobur nomli Xalqaro jamoat fondi hamda “ASMIRUS” ilmiy anjumanlarni qo‘llab-quvatlash markazi bilan hamkorlikda “Zahiriddin Muhammad Boburning sharq davlatchiligi va madaniyatida tutgan o‘rni”  mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 152 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar; AQSH, Shvetsiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Tatariston, Afg‘oniston kabi davlatlarning olimlar ishtirok etishdi. Anjuman materiallari to‘plami OJS platformasida (www.myscience.uz) eʼlon qilindi hamda Google Scholar ilmiy bazasida indekslandi.


2. 2023 yil 22 fevral kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida O'zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlariga muvofiq har yili o'tkaziladigan "O'zbekiston yosh filologiyasi – 2023"respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Majlisi bo'lib o'tdi. Tadbir 15 yildan ortiq vaqt davomida rus adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etilgan va o'tkazilib kelinmoqda. "O'zbekistonning yosh filologiyasi" konferensiyasi respublikaning yosh tadqiqotchilariga o'z g'oyalarini sinab ko'rish, umumiy ilmiy va madaniy darajani oshirish imkonini beradi. Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida xorijiy filologiya fakulteti dekani Xorijiy filologiya fakulteti dekani X.M. Bakiyev, Rus adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri S.E. Komilova, Rus tilshunosligi kafedrasi mudiri N.N. Shitka, shuningdek, respublikaning yetakchi oliy oʻquv yurtlari (Chirchiq, Samarqand, Termiz, Buxoro va boshqalar) oʻqituvchilari so’zga chiqdilar. Respublika miqyosida olib borilayotgan ilmiy tadbirning ahamiyati qayd etildi. Konferentsiya orqali talabalar samarali muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Yalpi majlisda respublikaning yetakchi filologiya maktablari ishtirok etdi. An'anaga ko'ra, konferentsiya doirasida "Anor"adabiy tanlovi ishtirokchilari taqdirlanadi. Bu yil xorijiy filologiya fakultetining kunduzgi va kechki bo'limlarining 1-4 kurs talabalari tanlov ishtirokchilari bo'lishdi. Mukofotlash to'rtta nominatsiya bo'yicha o'tkazildi eng yaxshi she'r, eng yaxshi hikoya, eng yaxshi tarjima, eng yaxshi insho. Tanlovning barcha ishtirokchilari diplom va esdalik sovrinlarini olishdi. D. F. N., professor S. E. Kamilova va D. F. N., dotsent. E. M. Kaminskaya xorijiy filologiya fakultetining iqtidorli yoshlar bilan ishlash samaradorligini qayd etdi. Bu yil anor tanloviga rekord darajadagi 43 ta asar taqdim etildi. Bu iqtidorli talabalar bilan rus adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilarining mashaqqatli mehnati, adabiyotni ommalashtirish, o'qish madaniyati ko'nikmalarini shakllantirish natijasidir. Bu yil konferentsiya "Sharq yulduzi" adabiy jurnali ochilganining 90 yilligiga bag'ishlandi. Jurnal muharriri o'rinbosari K. I. Panchenko o'z nutqida "Sharq yulduzi" va rus adabiyotshunoslik kafedrasini bog'laydigan ko'p yillik do'stlik uzoq vaqtdan beri samarali hamkorlikka aylanganini ta'kidladi. Yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va doktorantlar bu yerda debyut qiladilar. Joriy yilda jurnal va universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakli – “Anor” tanlovida ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish paydo bo‘ladi. Konferensiyaning faxriy mehmonlari – filologiya fanlari doktori, prof. A.G. Sheremetyeva, f.f.n., prof. A.S. Shcherbak konferensiyaning yoshlarda yangi tipdagi tafakkurni shakllantirish jarayoni bilan bog‘liqligini qayd etdi. Talabalarning bugungi ilmiy va adabiy faoliyati respublika kelajagiga qo‘shilgan hissadir. Bu esa bir necha yillardan keyin o‘ziga xos ijodiy salohiyatga ega yangi pedagogik va ilmiy kadrlar yetishib chiqishining kafolatidir.


2022 yilda xalqaro va respublika  miqyosda o‘tkazilgan anjumanlar haqida ma’lumot

1. 2022 yil 22 aprel kuni O‘zMU Biologiya fakultetida “Butunjaxon yer kuni” munosabati bilan “Er resurslari va bioxilma-xillikni barqaror boshqarish” SERBEMA-2022 mavzusida anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 180 ga yaqin  professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 75 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjumanda hozirgi kunda insonning farovon turmush tarzini ta’minlashda xizmat qilib kelayotgan yer resurslarini asrash, ulardan samarali foydalanish, qayta tiklash bo‘yicha xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokma qilindi. Anjumanning 150 dan ortiq ilmiy maqolarlari asosida olingan muhim ilmiy natijalarni xalqaro ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus bazasidagi “IOP Conference Series: Earth and Environmental Science” konferensiya to‘plamida nashr qilish belgilab olindi.


2. 2022 yil 29 aprel kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 100 ga yaqin  professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 20 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi. Fan va ta’lim. Dunyoda kechayotgan jarayonlar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning inson kamoloti, turmush tarzi, ma’naviy hayotiga ta’siri, dunyoqarashning o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarning nazariy, amaliy jihatdan tadqiq etish, ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, qolaversa, hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan so‘nggi natijalarni muhokama qilindi, ularni muvofiqlashtirish, yoshlarni sohaga jalb etish va ularni fanning yangi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirish hamda bu sohada chet ellik mutaxassislari bilan fikr almashildi. Anjumanning 110 dan ortiq to‘plamlari  nashr qilindi.


3. 2022 yil 17 may kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakultetida “O‘zbekistonda falsafa tarixi maktabi va uchinchi renessans” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda 100 ga yaqin  professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 20 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi. Xalqaro doirada o‘tkazilgan ushbu anjumanda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan mutaxassislar ishtirok etib, ularni muvofiqlashtirish, yoshlarni sohaga jalb etish va ularni fanning yangi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirish hamda bu sohada chet ellik mutaxassislari bilan fikr almashildi. Anjumanning 100 dan ortiq to‘plamlari  nashr qilindi.


4. 2022 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Koronavirus COVID-19, biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. «Koronavirus COVID-19, biologiyasi, etiologiyasi va fiziologiyasi» ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirokchilar soni 104 tani, shundan xorijiy ishtirokchilar 12 tanitashkil etdi. Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 ga yaqin OTM va ilmiy tashkilotlaridan professorlar, yosh olimlar, doktorant, magistr, talabalar ishtirok etishdi:


5. 2022 yil 18 mart kuni O‘zMU Xorijiy filologiya fakultetida “Zamonaviy filologik paradigmalar: an’analar va innovatsion yondashuvlarning o‘zaro ta’siri II” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 191 ga yaqin  professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 9 nafari xorijiy mamlakatlardan ishtirok etdi. Xalqaro konferensiyani o‘tkazish va yetakchi ilmiy markazlari, mutaxassislarimizning ilmiy natijalarini muhokama qilish, ilm-fan sohasida, ayniqsa, qiyosiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida axborotlarni himoyalash sohalaridagi ilmiy izlanishlarni yangi yuqori pog‘onaga olib chiqish. Anjumanning 150 dan ortiq to‘plamlari  nashr qilindi.


6. 2022 yil 10 maykuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mobil ilova yaratish” loyihasi doirasida “Shaxsni rivojlantirishda inklyuzivlikni ta’minlash masalalari: dolzarb tadqiqotlar va forsayt loyihalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 55 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar, jumladan 5 nafari xorijiy mamlakatlardan zoom orqali ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjuman doirasida inklyuziv jamiyatni shakllantirishga doir zamonaviy masalalar ko‘rib chiqildi va bu borada forsayd loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish jihatlari tahlil qilindi., ulardan samarali foydalanish va xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokama qilindi. Anjumanning 100 ga yaqin materiallar to‘plam shaklida chop etildi..


7. 2022 yil 21-22 aprelkunlari O‘zMU Matematika fakultetida yosh matematiklarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilish va rag‘batlantirish maqsadida doirasida “Matematika, mexanika va intellektual texnologiyalar” mavzusidagi yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Anjumanda 115 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman doirasida zamonaviy matematikaning eng dolzarb masalalari muhokama qilindi va yosh matematik olimlarning ilmiy izlanishlari natijalari tinglandi. Anjumanning 130 ga yaqin materiallar to‘plam shaklida chop etildi.

8. 2022 yil 23-24 aprel kunlari O‘zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti “Jismoniy tarbiya va sport marketingi” o‘quv qo‘llanmasining elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda 100 ga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjuman doirasida Jismoniy tarbiya va sport marketingining jamiyatdagi axolining barcha katlamlarini sog‘lomlashtirishdagi o‘rni va axamiyati uni shakllantirishga doir zamonaviy masalalar ko‘rib chiqildi va bu borada forsayd loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish jihatlari tahlil qilindi., ulardan samarali foydalanish va xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalar muhokama qilindi.  Anjumanning 100 dan ortiq to‘plamlari  nashr qilindi.

9. 2022 yil 10-11 maykunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “Markaziy Osiyoda diasporalarni rivojlantirish-barqaror rivojlanishning muhim omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy  anjuman bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda 8 ta davlat (Ozarbayjon, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Tojikiston)dan 30 nafar olimlar, tadqiqotchilar, turli darajadagi mutaxassislar hamda 70 dan ziyod respublikaning taniqli olimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy mamlakatlarning  diasporologiya sohasidagi ilmiy-nazariy va uslubiy tajribasini o‘rganish,  mintaqa xalqlari o‘rtasida tolerantlik tuyg‘usini targ‘ib etishga ko‘maklashish, Markaziy Osiyo xalqlari orasidagi diasporalarning tarixi va bugungi kunini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotda tutgan o‘rnini e’tirof etish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikning “o‘zbek modieli”ni tadqiq etishda xorijiy malakatlar ilmiy hamjamiyatlarini birlashtirishdan iborat. Tadbirda ilmiy-akademik ma’ruzalar tinglandi, amaliy chora-tadbirlar belgilandi, Markaziy Osiyoda diasporologiya bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.