Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

KONSTITUSIYA YANGI TARIXNING OSTONASI

Dunyoda hech bir konstitusiya ilk qabul qilingan tahrirda saqlanib qolmagan. Masalan, XXI asrda 90 ga yaqin davlatda qomusiy islohot muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, 57 tasida yangi hujjat qabul qilingan. Eng ko‘p o‘zgarish va qo‘shimcha Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveysariya, Avstriya, Isroil, Chili, Kolumbiya, Gruziya va Hindiston konstitusiyalariga kiritilgan.

Ushbu holatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston mamlakat suvereniteti va yaxlitligini ta’minlash, millatlararo hamjixatlik, gender tengligi, ijtimoiy siyosat, iqtisodiy-huquqiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun biz O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 

90-moddasiga kiritiladigan o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ushbu o‘zgartirish orqali mamlakatda boshlangan keng qamrovli islohotlarni ijobiy va sifatli yakuniga yetishi ta’minlanadi.

Fikrimizni quyidagilar bilan izohlaymiz. Odatda islohotlar 

15-20 yillarni mo‘ljalga olgan holda amalga oshiriladi. Shu sababli amalga oshirilgan islohotlar natijasi odatda 8-10 yillar davlatga rahbarlik qilgan yetakchilar qilgan davrida ko‘rinmaydi. Agar ushbu davrda islohotlar davomchisi bo‘lgan rahbar avvalgi yetakchi ishini davom ettirmasa, islohot katta samara keltirmaydi.

Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari xususan, Singapur yetakchisi 

Li Kuan Yu 1959-1990 yillarda ushbu davlatga bosh bo‘lib, uni dunyoning eng rivojlangan innovasion va xavfsiz davlatlaridan biriga aylantirdi. 

         1981-2003 yillarda Malayziyaga yetakchilik qilgan Maxatxir Moxammad esa nafaqat mamlakatda chuqur fundamental islohotlarni amalga oshirdi, balki butun dunyoda taraqqiyotning Malayziya modeli nomli modernizasiya yo‘lini ishlab chiqdi.

Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, renessans bilan bog‘liq sivilizason o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi kompleks islohotlar jarayoni uning brendi bo‘lgan yetakchi omilisiz ro‘yobga chiqishi qiyin. Ayniqsa, mamlakat aholisini ayni siyosiy jarayonlarga safarbar qilishda ham yetakchi imidji va brendi hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90-moddasida ko‘rsatilgan Prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish “Yangi O‘zbekiston” voqeligidagi tarixiy zarurat ekanligini nazarda tutgan holda uni qo‘llab-quvvatlaymiz.  

O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari jamoasi nomidan:

  siyosiy fanlar doktori, professor Ibodulla Ergashev,

siyosiy fanlar bo‘yicha (PhD), dosent Kamoliddin Mirzaaxmedov,

siyosiy fanlar bo‘yicha (PhD), dosent Jaxongir Akromov

yuridik fanlari doktori, professor Voxidjon Topildiyev,

falsafa fanlar doktori, professor Shaxnoza Madayeva,

falsafa fanlar nomzodi, professor La’lixon Muhammadjonova,

sosiologiya fanlari doktori, professor Abdug‘ani Xolbekov

sosiologiya fanlari doktori, professor Raisa Ubaydullayeva

filologiya fanlari doktori, professor Yoqutxon Mamatova,

pedagogika fanlari doktori, professor Xol Xudoyqulov

pedagogika fanlari bo‘yicha  (PhD), dosent Ulug‘bek Sodiqov

falsafa fanlari bo‘yicha  (PhD), dosent Xurshid Toshov

falsafa fanlari bo‘yicha  (PhD), dosent Mustafo Xidirov,

sosiologiya fanlari bo‘yicha (PhD) Akmal Abdullayev