“Konstitutsiya — taraqqiyotimiz poydevori” va “Madhiyam – faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh qomusi- Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — taraqqiyotimiz poydevori” va “Madhiyam faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so’ng O’zMU rektori, professor Inom Madjidov tadbir kirish qismini ochib berib, universitet professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlarga o’z tabrigini yo’lladi.
Universitet rektori Inom Madjidov oʻz nutqida: “Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi boʻlgan Konstitutsiyamiz ortimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Bosh qomusimiz negizida olib borilayotgan tub islohotlar, Taraqqiyot strategiyasi bugungi kunda Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishda,
innovatsion va industrial rivojlanishda beqiyos oʻrin egallamoqda. Bugungi kunda universitetimizda tahsil olayotgan 30 mingdan ortiq talaba-
yoshlarimizning sifatli bilim olishlari, raqobatbardosh kadr boʻlib yetishishlari, qadriyatlarimiz va insoniylik tamoyillari asosida tarbiyalanib kamol topishlarida Qomusimiz ham kuch, ham ishonch, ham qudrat boʻlib xizmat qiladi.” - deb ta’kidladi.
Bayram zavqiga O’zMU rektori Inom Madjidov va barcha soha prorektorlarining “Yil talabasi - 2022” Respublika ko’rik-tanlovining universitet bosqichi g’oliblarini tabriklagani yanada zavq bag’ishladi. "Yil talabasi - 2022" Respublika koʻrik-tanlovi universitet bosqichining quyidagi nominatsiyalar boʻyicha g`oliblari diplom va estalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar:
1-nominatsiya: Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
1- Zokirova Farangiz Nuriddin qizi - Biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi;
- Xamrayeva Vasila Mirzoxid qizi - Ijtimoyi fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi;
- Nakibullayeva Shahzoda Xayrulla qizi - Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 2-bosqich talabasi.
2-nominatsiya: Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi
- Maqsudova Mahliyoxon Fahriddin qizi - Biologiya fakulteti 4-bosqich talabasi;
- Safarov Daler Shuhrat o'g'li - Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti 2-bosqich talabasi;
- Abdujalilova Muxlisaxon Jamoliddin qizi - Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi;
3., Axmedov Shohruh Akbar o'g'li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi.
3-nominatsiya: Yilning eng faol innovator talabasi
- Maxmudova Yulduz Azamat qizi - Kimyo fakulteti neft va gaz kimyosi yo‘nalishi
3-bosqich talabasi; - Ortiqov Niyatjon Ne'matillo o'g'li - Ijtimoiy fanlar 3-bosqich talabasi;
- Nosirov Behzodjon Solijon o'g'li - Amaliy matematika fakulteti talabasi.
4-nominatsiya: Yilning eng faol sportchi talabasi
- Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi;
- Umurzoqova Aynura Abdigappar qizi - Taekvando fakulteti talabasi;
- Choriyev Hayot Sherali o'g'li - Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi.
5-nominatsiiya: Yilning eng faol iqtidorli talabasi
- Rahimova Lobar Ikrom qizi - Jurnalistika fakulteti axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
- Sayfullayeva Malika Abdusalom qizi - Ijtimoiy fanlar, Amaliy Psixologiiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi.
- 6-nominatsiya:Yilning eng faol ijodkor talabasi
- To‘rayeva Shirinmoh Ne’mat qizi Jurnalistika fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
- G'afforov Ibrohimjon o'g'li - Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi;
- Asadov Mirali Abdullo o'g'li - Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi;
- Jo'raboyeva Muxsina Orif qizi - Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti.
- 7-nominatsiiya:Yilning eng faol tadbirkor talabasi
- Abdumajidova Ra’no O‘ktam qizi - Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti, Informatika yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi.
Eslatib otamiz, mazkur tanlovning universitet bosqichida 1-o
rinni olib, golib b
olgan talabalar respublika final bosqichida ishtirok etadi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda Xalq deputatlari kengashi, Olmazor tumani deputati Nigora Mirzayeva ishtirok etib, o’z bayram tabrigini talabalar va universitet xodimlariga yo’lladi. Tadbirning badiiy chiqishini Satira teatri aktyorlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat konservatoriyasi qoshidagi Botir Zokirov nomli Milliy estrada san’at instituti yosh ijodkorlari ochib berdi. Jonli ijroda yangragan kuy-u qo’shiqlar tadbirni yanada jonlantirdi.








O`zMU Axborot xizmati