Koreya Respublikasining Chungbuk milliy universiteti professori O’zMUga tashrif buyurdi

Bugun, 27-sentyabr kuni Koreya Respublikasining Chungbuk milliy universiteti professori Seng-Cho Yu O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda professor Chungbuk milliy universiteti hamda mazkur universitetning Fizika fakulteti haqida ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda Chungbuk Milliy universiteti va O’zbekiston Milliy universiteti o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, ayniqsa professor-o’qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini rivojlantirish xususida gap bordi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yo’nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida ikkala universitet vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.




Xalqaro aloqalar bo'limi