Koreya Respublikasining Puchon universiteti delegatsiyasi O'zMUda

Bugun 25 may sanasida Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori Xan Chyung Such boshchiligidagi delegatsiya OʼzMUga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida hamkorlikning turli yoʼnalishlarida aloqalar oʼrnatish xususida muzokara olib borildi. Xususan, maktabgacha taʼlim, qoʼshma loyihalar, ilmiy maslahatchilar tayinlash va kasbiy taʼlim boʼyicha hamkorlikni oʼrnatish xususida kelishib olindi. Shu bilan birga ekologiya, tuproqshunoslik, arxeologiya, suv resurslari boshqarish kabi taʼlim yoʼnalishlarida ham hamkorlikda dasturlar ishlab chiqish istiqboldagi rejalarga kiritildi hamda OʼzMU tomonidan Puchon universiteti talabalari bu yilgi madaniy va sport dasturlarida qatnashish uchun taklif etildi.



Xalqaro aloqalar bo'limi