L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo Milliy universiteti talabalari akademik mobillik dasturi doirasida O'zMUda

Bugun O‘zbekiston Milliy universitetiga Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumlyev nomidagi Evroosiyo Milliy universiteti universitetidan akademik mobillik dasturi doirasida o‘qish va O‘zMu huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot institutida amaliyot o‘tash uchun 4 nafar magistrlar yetib keldi.
Talabalar O‘zMU Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari va O‘zMu huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy tadqiqot instituti mas’ul xodimlari tomonidan iliq kutib olinib o‘zlari uchun ajratilgan yotoqxonalarga joylashtirildi. Shundan so‘ng talabalar bilan Xalqaro aloqalar bo‘limida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va boshqa mas’ul xodimlar talabalarga o‘quv jarayonlari, universitet va yotoqxona ichki tartib-qoidalari, hamda ularga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berishdi va talabalarning o‘quv rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun kerakli sharoitlar yaratish xususida kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumlyev nomidagi Evroosiyo Milliy universiteti universiteti O‘zMU bilan nafaqat akademik mobillik dasturi doirasida balki boshqa turli xil sohalarda ko‘p yillardan beri hamkorlik qilib keladi. Xususan, ushbu universitetning bir nafar tadqiqotchisi 2022-yilda O'zMU xalqaro aloqalar bo'limida stajirovka o'tagan.
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarini ham shu yilda yuqoridagi universitetga akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishga jo‘natish rejaga kiritilgan.

Xalqaro aloqalar bo'limi